
Ibragimovichda yana muammo paydo bo‘ldi
Sky nashrining xabar qilishicha, "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich yana jarohat oldi.
22 noyabr kungi tur o‘yinini bel og‘rig‘i tufayli o‘tkazib yuborgan 39 yoshli hujumchi bugungi mashg‘ulotlarga qo‘shilgan va uning yakunida oyog‘ida og‘riq his qilgan.
Shifokor qo‘ygan tashxisga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi 10 kun ichida safga qayta olmaydi.
Shuning uchun, Ibragimovich yil yakuniga qadar, A Seriya o‘yinlarida jamoasiga yordam berolmaydi. Bu vaqt ichida "Milan" klubi "Sassuolo" va "Latsio"ga qarshi bahs o‘tkazadi. U 3 yanvar kuni "Benevento" va 6 yanvarda "Yuventus"ga qarshi kechadigan bellashuvlarda ham maydonga tusholmasligi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar