Ibragimovichsiz o‘ynagan "Milan" mehmondan qiyin g‘alaba bilan qaytdi

Italiya A Seriyasi 10-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Milan" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Birinchi taymda Kessining penaltidan urgan goli yagonaligicha qoldi. 77-daqiqada Kastilexo oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Biroq ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 83-daqiqada Ekdal hisobni qisqartirdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. 

G‘alabaga erishgan "rossonerilar" ochkolarini 26 taga etkazib olgan holda, 1-pog‘onaga mahkamroq o‘rnashdi. "Sampdoriya" esa 11 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!