Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ikardining agenti argentinalik hujumchining RPLga o‘tishini istisno etmadi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Mauro Ikardi agentiga ko‘ra, u munosib taklif bo‘lsa Rossiya chempionatida o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Rossiya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. Futbolchining agenti Rossiya klubiga o‘tish ehtimolini istisno etmadi.

«Mauro Ikardi RPL klubiga o‘tishga tayormi? Albatta, agar munosib taklif tushsa, Rossiya Mauroning faoliyatini davom ettirishi uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin», — deya agentning so‘zlarini keltirmoqda Sport24.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Mauro Ikardi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida u «Inter», PSJ va «Galatasaroy» kabi klublarda to‘p surgan.

Argentinalik hujumchi yozdan buyon erkin agent maqomida. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 3 million yevroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q