Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ikki chempion bir futbolchini talashyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr oʻyinchilar chiqaverar ekan

Germaniyaning «Shtutgart» jamoasi yarim himoyachisi Anjelo Shtiller bir vaqtning o‘zida Yevropaning  bir nechta yetakchi klublar diqqat markazida turibdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Kataloniyaning «Barselona», Turinining «Yuventus», Londonning «Arsenal» va Leverkuzenning «Bayer» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Skautlar Shtillernig o‘yinini Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turidagi bahsda (3:1) batafsil kuzatgan.

Yarim himoyachining ehtimoliy transfer bahosi taxminan 45 million yevro atrofida baholanmoqda. Anjelo Shtiller bilan «Shtutgart» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q