Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ikki gol Turkiya — O‘zbekiston o‘yini g‘olibini aniqladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yoshlar ham pishib boryapti

Turkiya U-18 terma jamoasi xalqaro musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqida Sports.kz Turkiya futbol federatsiyasi rasmiy saytiga tayanib xabar berdi.

Hisob birinchi bo‘lim o‘rtalarda ochildi: 39-daqiqada Yasin Akchay o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi taym boshlanishi bilanoq turklar yana bir bor gol urdi: Mustafa Joshkun Tosun penal’tini aniq amalga oshirib, 49-daqiqada ustunlikni ikki to‘pga yetkazdi. 56-daqiqada esa Uveys Yasir Satik maydondan chetlatilib, Turkiya termasi bir futbolchi kamlikda qoldi.

Turkiya U-18 terma jamoasi musobaqadagi so‘nggi uchrashuvini 5 oktabr kuni mezbonlar — Portugaliya yoshlar termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston esa shu kuni Ruminiyaga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q