Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ikki klub Fernandesni tekin ga olib ketmoqchi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni «Milan» va «Galatasaray» kelasi yoz erkin agent sifatida olishni rejalashtirmoqda.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh atrofida ikki klubning portugaliyalikka qiziqishi kuchaygani xabar qilinmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot berdi.

Uning yozishicha, 32 yoshli portugaliyalik futbolchini «Milan» va Turkiyaning «Galatasaray» jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ikkala klub ham Fernandeshni kelasi yozda erkin agent sifatida taklif qilishga tayyor. Hozircha futbolchining «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunlanguniga qadar mo‘ljallangan.

Brunu Fernandesh 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida u to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikki bor jamoadoshlariga golli pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q