Ikki Manchester klubi portugaliyalik futbolchi uchun kurashmoqda

  • 03.02.2024 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchichsi Gonsalu Ramushga birdaniga ikki Manchester grandlari qiziqib qoldi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Ikkala jamoa ham 22 yoshli futbolchi bilan Angliya chempionatining 2023/2024 yilgi mavsum yakunida shartnoma imzolashga urinib ko‘radi. Ramush parijliklar safida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi. Futbolchining tranfer huquqi "Benfika"ga tegishli va uning transfer narxi 50 million evro.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Gonsalu 15 a o‘yinda maydonga tushdi va uchta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!