Ikkitasi birda! Yoxud Shatskix "Nasaf"ni, Berdiev "Andijon"ni kuzatgan o‘yindan fotogalereya

  • 1 fevral, 2023, 10:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahri ayni chog‘da dunyoning turli burchaklaridan kelgan klublar bilan rosa gavjum. Shunga yarasha u erda barcha zarur shart-sharoitlar bor. O‘zbek jamoalarining aksariyati ham hozir shu erda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishishgan.

Kecha "Nasaf" va "Andijon" klublari deyarli bir-biriga yaqin maydonlarda o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdilar. "Nasaf" Ukrainaning "Polissiya" klubi bilan, "Andijon" esa Ruminiyaning "Chiksereda" jamoasi bilan o‘ynadi va ikkala bahsda ham g‘olib aniqlanmadi.

Ahamiyatlisi, "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvni "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix Nikolay Minchev hamroxligida chetdan zimdan kuzatib bordi. "Andijon"ning o‘yini qarshiliklarning uchrashuvidan yarim soat keyin boshlangandi. Shu bois "Nasaf" ishtirokidagi o‘yin tugagan zahoti bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev qo‘shni stadionda davom etayotgan "Andijon" ishtirokidagi bahsni tomosha qildi. 

Ikkitasi birda deganlaridek, ushbu o‘yinlardan fotogalereyalarni tomosha qiling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!