Ikrom Aliboev nima uchun "Neftchi"ni tanlaganini aytdi

  • 6 yanvar, 23:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" safiga kelib qo‘shilgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboev klub matbuot xizmati uchun yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bo‘lishdi

"Neftchi" jamoasi O‘zbekistonning eng nomdor va O‘zbek futboli tarixidagi sovrindor jamolaridan biri hisoblanadi. Farg‘onalik muxlislarni ham stadionda ajoyib atmosfera yarata olishini ko‘rganman va menga bu juda ham yoqadi. Ushbu jihatlar jamoaga kelishimga asosiy sabablardan biri bo‘lsa, yana bir sababi jamoa yangi mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan yuqori maqsadlari bo‘ldi.  

Yangi mavsum oldidan avvalo jamoamiz uchun borimni berib bildirilgan ishonchni oqlamoqchiman. "Neftchi"ni tarixdagi kabi yuqorida bo‘lishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. 

Yangi mavsum oldidan "Neftchi" jamoasi muxlislariga doimo sog‘lik-salomatlik tilayman va shuni aytamanki, "Bizni yolg‘izlatib qo‘yishmasa albatta oldimizdagi vazifalarni birgalikda uddalaymiz", - deydi Aliboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
07/01/2025 08:36
Курамиз,кузатамиз.