Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Iliya Topuriya Islom Maxachev haqida nimalar dedi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

"El Matador" yaxshigina gapirib qo‘ydi.

Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya (16-0) rossiyalik Islom Maxachev (27-1) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Maxachevni mag‘lub etishimga ishonaman. To‘g‘ri, u shunchaki chempion bo‘lib qolmagan. Islom ajoyib jangchi. Biroq menga muxlislar haqiqiy raqib sifatida ko‘radigan yigitlar bilan kurashish yoqadi" - dedi "El Matador" "Full Send" podkastida.

Ma’lumot uchun, Topuriya va Maxachev to‘qnashuvi shu yilning iyun oyi oxirida o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q