Iman Xelif IBA ni sudga bermoqchi

  • 12 fevral, 15:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 2024 yilgi Olimpiada g‘olibi jazoirlik Iman Xelif rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) sudga berishini ma’lum qildi.

Tecno

“Men bilan aloqasi yo‘q bo‘lgan va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinmagan Xalqaro boks assotsiatsiyasi o‘z manfaatlarini ko‘zlab, yolg‘on va tajovuzkor ayblovlarni yana ilgari surdi. Gap faqat menda emas, sportdagi adolatda. Mening jamoam vaziyatni sinchiklab o‘rganib, huquqlarim va halol raqobat tamoyillarini himoya qilish uchun barcha zarur qonuniy choralarni ko‘rmoqda. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Biz adolat qaror topishi uchun barcha mumkin bo‘lgan qonuniy vositalardan foydalanamiz” — deb yozdi Xelif ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib  o‘tamiz, Iman Xelif Olimpiadada juda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!