IMMAF jahon chempionati. G‘alabali yurishlarimiz davom etmoqda!

  • 27.09.2025 21:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida havaskor MMA (IMMAF) bo‘yicha U-20 va kattalar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. 

Albatta, ushbu dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda. 

-74,8 kg da hamyurtimiz Muhammad Hanlaev 2-raundda meksikalik Xaver Kastro ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.


Shuningdek, yana bir vakilimiz Valiulloh Xasanboev ham 74,8 kg da isroillik Lion Tsemichkoni kambek amalga oshirgan holda taslim etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!