Insayder: Dmitriy Bivolning keyingi raqibi ma'lum

  • 11.03.2026 09:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

79,4 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqida taniqli insayderi Den Rafael xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, rossiyalik bokschining raqibi IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vog‘ar — germaniyalik Mixael Ayfert bo‘ladi.

28 yoshli Ayfert professional bokschidagi faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U hozirga qadar 13 ta g‘alaba (5 tasi muddatdan oldin) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

2014 yilda prof boksga qadam qo‘ygan Bivol hisobida esa 24 ta g‘alaba (12 tasi muddatdan oldin) va 1 ta mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!