Insayder Holandning keyingi manzilini aytdi
O‘zgarish bo‘ladi
«Manchester Siti»ning yulduz hujumchisi Erling Xolandning Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlar yana kuchaydi.
Norvegiyalik forvardning amaldagi shartnomasi «shaharliklar» bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, turli manbalarga ko‘ra, Xoland bu kelishuvni oxirigacha bajarishi qiyin, degan fikrlar tobora ko‘proq aytilmoqda.
«Menimcha, Xolandning keyingi manzili – Ispaniya. Hozircha u aniq qaysi jamoaga o‘tishi noma’lum, ammo u La Ligada o‘ynashni juda istaydi. Eshitganlarimdan kelib chiqib ayta olamanki, u baribir erta-kech Ispaniyada paydo bo‘ladi», – deya ta’kidlagan insayder Matteo Moretto. Uning so‘zlarini Madrid Universal nashri keltiradi.
Kutilganidek, Erling Xoland uchun jiddiy da’vog‘arlar soni ko‘p emas – asosiy qiziqishni Madriddning «Real» klubi va «Barselona» namoyon etmoqda. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchining joriy bozor qiymati 220 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)