"Inter" Braziyaliyadan yosh darvozabon olib keladi
Darvozabon rozi, endi klub bilan kelishish qoldi.
"Atletiko Paranaense" darvozaboni Bento Krepski "Inter"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Bento - "neradzurri"ning yozgi transfer maqsadlaridan biri. Biroq, milanliklar hali futbolchining klubi bilan kelishuvga erishishlari kerak, u uchun 25 million evro talab qilmoqda.
Bento "Atletiko Paranaense" tarbiyalanuvchisi. Braziliya A seriyasining joriy mavsumida 24 yoshli darvozabon 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Izohlar (0)