"Inter" himoyachisini Neymarning klubiga jo‘natadi

  • 27.08.2025 08:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Tomas Palasios "Inter"dan "Santos"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klublar 22 yoshli himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Braziliyaliklar futbolchining ijara davridagi barcha maosh xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Argentinalik futbolchini to‘liq sotib olish narxi 10 million evrodan yuqori bo‘ladi.

Palasios o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Montsa" jamoasida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!