"Inter" safardagi 3 ta uchrashuvni muhlislarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi
"Inter" muxlislari jamoaning keyingi 3 ta safardagi oʻyinlariga chipta sotib ololmaydilar. Bu haqida "Lа Gazzetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, klub muxlislari "Kremoneze" darvozaboni Emil Auditorga narsa uloqtirgani sababli jazolandi. 23 martgacha amal qiladigan bu taqiq "Sassuolo", "Lechche" va "Fiorentina"ga qarshi bellashuvlarga taalluqli, biroq 8 mart kuni "San Siro"da boʻlib oʻtadigan "Milan"ga qarshi uchrashuvga amal qilmaydi. Garchi "Inter" mehmon jamoa hisoblansa-da.
Maʼlumot uchun, Kristian Kivu shogirdlari ayni damda A Seriyada 23 ta uchrashuvda 55 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalidа peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar