"Inter"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

  • 5 dekabr, 2021, 20:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

4 dekabr kuni Italiya chempionati 16-turida "Roma" - "Inter" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.

Tecno

Turning markaziy o‘yinida milanliklar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Xakan Chalxanoglu (15), Edin Jeko (24) va Denzel Dyumfris (39) mualliflik qildi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri futbolchilarga ball qo‘yib chiqdi. Hamyurtimiz 5.8 ballga loyiq ko‘rildi. Rimliklar safida eng yuqori ballni Nikolo Dzanolo qo‘lga kiritdi - 6.8.

Quyida whoscored.com nashri tomonidan qo‘yilgan ballar bilan tanishing:

photo_2021-12-05_18-30-12

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!