Asosiy mazmunga oʻtish
Iroq chempionati. Chabanovning dubli "Erbil"ga g'alaba keltirdi

Iroq chempionati. Chabanovning dubli "Erbil"ga g'alaba keltirdi

  • 0
  • Futbol

Iroq chempionatining 29-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi.

"Erbil" o‘z maydonida "Al-Qosim"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborli­si, har ikki golga o‘zbekistonlik futbolchi Marlen Chabanov mualliflik qildi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Sherzod Temirov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, "Erbil" ochkolari sonini 59 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q