Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Isak: «Liverpulda ishlar ketishidan mamnunman»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Liverpool» hujumchisi Aleksandr Isak joriy mavsumda 14 o‘yinda 8 gol urib, jamoa g‘alabalariga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

«Liverpul»ning shved hujumchisi Aleksandr Isak joriy mavsumda mersisaydliklar safida ko‘rsatayotgan samaradorligi haqida klub matbuot xizmatiga fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, har bir goli o‘zi uchun katta ahamiyatga ega. Isak «Liverpul» libosida to‘p kiritgan paytda o‘ziga xos, tasvirlab bo‘lmas his-tuyg‘ularni boshdan kechirishini aytdi.

«Jamoamiz g‘alabalariga jiddiy hissa qo‘shishni istayman. Hozircha ishlar qay tarzda ketayotganidan juda mamnunman, lekin hali o‘rganadigan, ustimda ishlaydigan juda ko‘p jihatlar bor. Bu «Liverpul»ning kelajagi juda umidli», — deya qo‘shimcha qildi Isak.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Isak ushbu mavsumda «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu vaqt ichida sakkizta gol urdi va bir bor hamkorlaridan birini golli pas bilan ta’minladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q