Isko jarohat sabab qancha muddat maydonga tusha olmaydi?
"Betis" safida harakat qilib kelayotgan yarim himoyachi Isko tizzasidan olgan jarohat sabab qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida As nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik havbek bir oy davomida o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. U artroskopik deb nomlangan jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi.
33 yoshli futbolchi Yevropa Ligasining guruh bosqichida "Utrext"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2023 yildan beri "Betis" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 71 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol kiritdi va 19 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar