Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Islom Maxachev Belal Muhammad bilan jang qiladimi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Islom Maxachev Belal Muhammadga qarshi ehtimoliy jang haqda gapirdi.

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev (26-1) yarim o‘rta vazn toifasidagi kamar sohibi Belal Muhammad (24-3-1 N/C) bilan jang o‘tkazishi qiyin ekanini aytdi.

"Rostini aytsam, Belalning 77 kg vaznda chempionlikni qo‘lga kiritishi rejalarimni barbod qildi. Hozir u bilan yaqin do‘st bo‘lib qoldik. Bundan tashqari, bizning menejerimiz ham bir” – dedi dog‘istonlik "Mighty" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev navbatdagi jangini 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyanga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q