Islom Maxachev grepplingda Arman Tsarukyan bilan bahs olib boradimi?

  • 01.01.2026 18:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan yarim o‘rta vazn toifasida promoushen chempioni Islom Maxachev bilan ehtimoliy greppling jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Quyida "Red Corner MMA" saytidan keltirilgan ayni so‘zlarni havola etamiz:

Jurnalist: Islom Maxachev sen bilan greppling bahsidan manfaatdor emasligi, chunki unda UFC da topadigan pulni olmasligini aytgandi. Qiziq, bu masalani yopish uchun, aytaylik, sarmoyador topib, ushbu to‘qnashuvni tashkillashtirish mumkinmi?

Tsarukyan: Yaqin orada bu qarama-qarshilik aniq o‘tkazilmaydi, sababi Islom UFC da juda katta pul ishlab topadi va hozircha bu pulni hech kim to‘lay olmaydi, deb o‘ylayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!