Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Islom Maxachev: "Ian Garrini kamtar qilib qo'yaman"

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Amaldagi chempion bo‘lajak raqibi haqida gapirdi

Ushbu hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan "UFC 330" turnirida amaldagi chempion Islom Maxachev xavfdan qo‘rqmaydigan Ian "Machado" Garriга qarshi o‘z kamarini himoya qiladi. Jang oldidan tomonlar orasida katta mojaro yoki keskin bayonotlar kuzatilmadi. Faqatgina Maxachevning menejeri ijtimoiy tarmoqlarda va bir necha suhbatlarda Garrini qattiq tanqid qilib kelmoqda.

Ian esa, aksincha, bir necha bor Islom Maxachevning UFC da qo‘lga kiritgan yutuqlarini e’tirof etgan. Unga ko‘ra, 34 yoshli rossiyalik hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli va eng iste’dodli aralash jang san’ati ustasi hisoblanadi. Shu bilan birga, irlandiyalik 16 avgust kuni Maxachevni mag‘lub etishiga ishonch bildirgan.

Belal Muhammadni o‘tgan yili mag‘lub etganidan so‘ng, “The Future” laqabini olgan Garri Islom va UFC rahbariyati e’tiborini tortish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi va bu unga titul jangiga chiqish imkonini berdi. Endi esa u faqat g‘alaba qozonishni emas, balki "UFC 330" oktagonida uch raund davomida raqibini to‘liq ustunlik bilan bosim ostida ushlab turishni, to‘rtinchi raundda esa jangni yakunlashni rejalashtirgan.

Garrining so‘nggi bayonotlari bilan tanishgan Islom Maxachev "UFC 330 Embedded" videoblogida quyidagicha fikr bildirdi:

“Ianning kamtar yigit ekanini bilaman. Agar shunday bo‘lmasa, biz uni kamtar qilamiz. Uning mahorati va tajribasini hurmat qilaman. Tan olish kerak, bu boshqa vazn, bu yerda katta yigitlar bor. Haqiqiy da’vogarlar shu yerda. Shuning uchun men yanada ko‘proq mashq qilib, diqqatimni yo‘qotmasligim kerak”, - dedi rossiyalik.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q