Islom Maxachev keyingi jang qachon?
UFC Shon-sharaf zali a’zosi Xabib Nurmagomedov amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevning keyingi jangi haqida gapirdi.
“Maxachev Ramazondan keyin jang qiladi, yana ham aniqroği, u iyun yoki iyul oylarida oktagonga qaytishi mumkin. Biz bu bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz", — deya Xabibning so‘zlarini keltirdi "Red Comer MMA".
Eslatib o‘tamiz, Maxachev oxirgi bor 15 noyabr kuni "UFC 322" turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi kurash olib borib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar