Islom Maxachevning keyingi raqibi Iliya Topuriyam?

  • 14.02.2026 18:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevning keyingi raqibi engil vazn chempioni Iliya Topuriya bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Jastin Getji engil vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashishi aniq. Agar Topuriya unga qarshi jang qilishni istamasa, kamaridan ayrilishi mumkin. Maxachevga kelsak, uning keyingi jangi, albatta, yarim o‘rta vazn toifasidagi yigitga qarshi bo‘lib o‘tadi”, – deb yozdi menejer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev oxirgi bor "UFC 322" turnirida Jek Maddalenani yengib, yarim o‘rta vazn chempioniga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!