Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ismoilov "Neftchi"da qoldi!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Murabbiyga Superliganing ikki klubi aloqaga chiqqan, murabbiy esa yakunda Farg'onada qolishga qaror qildi

Xabaringiz bor, ",Neftchi", Elit Osiyo chempionlar ligasining 4-turi doirasida Eronning ",Traktor", klubi mehmoni bo‘ldi. O‘yindagi yuz bergan voqeadan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov va Alisher Odilov o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu kelishmovchilik hattoki kiyinish xonasida ham davom etgan.

",Neftchi", rahbariyati vaziyatni to‘g‘irlash uchun Odilov bilan uchrashuv o‘tkazdi, lekin Ismoilov futbolchiga yetarlicha jazo berilmadi, deb hisoblagan va instagram orqali jamoadan ketishiga ishora qildi. Rahbariyat esa bugun 4-noyabr kuni jamoa bazasida uchrashuv o‘tkazishga qaror qiladi. Ushbu yig‘ilishda Ismoilov ham qatnashishi kerak bo‘lgan, ammo murabbiy klub bazasiga kelmagan. Shuningdek. u bugungi mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmadi.

Ushbu holatdan keyin Alisher Odilov rasmiy munosabat bildirib, murabbiydan va muxlislardan uzr so‘radi. Bu esa vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirib, hammasi o‘z iziga tushishiga sabab bo‘ldi. Ismoilov ",Neftchi",dagi faoliyatini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, voqealar rivoji paytida Superliganing ikki grand klubi murabbiyga aloqaga chiqib, u bilan shartnoma imzolashga harakat qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q