Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ispan grand Rodridan yuz oʻgirdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Boshqalar olaversin!

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining kelajagi borasida so‘nggi oylarda turli mish-mishlar tarqalgan edi. U haqida nafaqat «Real», balki «Barselona» ham qiziqish bildirgani aytilgan. Ammo The Touchline nashri Marca ga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar Rodrini olish uchun kurashga kirmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati Rodrining keyingi manzili sifatida «Real»ni tanlashi deyarli aniq, deb hisoblamoqda. «Ko‘k-anorranglilar» ichki muhitda 2026 yildagi jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi deb topilgan yarim himoyachi oxir-oqibat Madrid klubiga o‘tadi, degan fikrga kelgan.

Rodrining amaldagi shartnomasi «Manchester Siti» bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, 30 yoshli futbolchining transferi uchun «Real» 65–75 million yevro atrofida to‘lov amalga oshirishi mumkin.

2024 yil Rodri uchun tarixiy yil bo‘ldi. U «Oltin to‘p» sohibiga aylandi. Bu mukofot Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanidan bir necha oy o‘tib qo‘lga kiritilgandi. Joriy yozda esa «qizil furiya» jahon chempionatida ham zafar quchdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q