Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ispaniya jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi asrda bunaqasi bo‘lmagan edi

Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda Argentina milliy jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2026 yildgi jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, ispanlar XXI asr jahon chempionatlari tarixida yangi rekord o‘rnatishdi.

Shuningdek, Ispaniya bu asrda jahon chempionatida ikki marta g‘olib chiqqan yagona terma jamoa bo‘ldi. 

«Furiya Roxa» ilk bor 2010 yilda jahon chempioni bo‘lgan edi. Shu paytgacha XXI asrda Braziliya (2002), Italiya (2006), Germaniya (2014), Fransiya (2018) va Argentina (2022) terma jamoalari bir martalik chempionlikka erishgan.

2026 yildgi mundial finalida yagona gol uchrashuvning 106-daqiqasida Ferran Torres tomonidan Argentina darvozasiga yo‘llandi.

 Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni maqomini topshirib, musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q