Ispaniya pley-off oldidan ikki yulduzidan ayrildi

  • 27.06.2026 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining guruh bosqichi so‘nggi turida Ispaniya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahsda minimal hisobda g‘alaba qozondi. 

Uchrashuv Baenaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida yakunlandi.

Marca nashri xabar berishicha, bellashuv yakunlangach, Ispaniya terma jamoasining ikki futbolchisi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. 

«Qizil furiya» yarim himoyachilari Niko Uilyams va Yeremi Pino ushbu o‘yinda jarohat olgan.

- Ularni diqqat bilan kuzatamiz. Nikoda noqulaylik bor. Bu mushak jarohati yoki charchoq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, – dedi jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente.

Ispaniya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallab, jahon chempionati 1/16 final bosqichiga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!