Ispaniya Superkubogi. “Barselona” “Atletik Bilbao”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi
Ispaniya Superkubokidan o‘rin olgan ilk yarim final bellashuvi yakunlandi. Bu bosqichda “Barselona” va “Atletik Bilbao” jamoalari bahs olib borishdi. Uchrashuv Flik shogirdlarining yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab bellashuvning 22-daqiqasida Ferran Torres hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa vaqt o‘tgandan so‘ng Fermin Lopes “Barselona”ning ikkinchi golini kiritdi. Bahsning 34-daqiqasida Runi Bardagji uchinchi golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvning 38 va 52-daqiqalarida Rafinya gol kiritib, dublni rasmiylashtirdi.
Bu yirik g‘alabadan so‘ng Kataloniya klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ular finaldagi raqibi ertaga bo‘lib o‘tadigan “Atletiko Madrid” va “Real Madrid” o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar