Ispaniya terma jamoasi Chexiyaning rekordini takrorlay olmadi

  • 13 oktabr, 2019, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Norvegiya mehmoni bo‘lgan Ispaniya so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yubordi va tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdi – 1:1.

E’tiborlisi, “qizil furiya” shu tariqa Evropa chempionatlari saralashidagi 14 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabali seriyasiga barham berdi. Ispaniya terma jamoasi so‘nggi marta 2014 yil Slovakiyaga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Ma’lumot uchun, Evropa chempionatlari saralashlaridagi eng uzoq g‘alabali seriya Chexiya terma jamoasiga tegishli. Ular 1995-2002 yillar orasida qatorasiga 15 ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!