Ispaniya yulduzi uchun mundial tugadi
Shifokorlar shunday qarorga kelishi mumkin
Ispaniya terma jamoasi va «Kristal Pэlas» vingeri Yeremi Pino jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida BBC Sport xabar berdi.
Futbolchi Urugvayga qarshi o‘yinda (1:0) umrov suyagi singgan, degan gumon bor. Pino maydonga 66-daqiqada gol muallifi Aleks Baenani almashtirib tushdi.
O‘yin asosiy vaqti yakunlanish arafasida u noqulay ravishda chap elkasi ustiga yiqilib, og‘riq his qildi va shifokorlarni chaqirishga majbur bo‘ldi. Qattiq og‘riq alomatlariga qaramay, ispaniyalik futbolchi uchrashuvni oxirigacha davom ettirdi, chunki o‘sha vaqtda kelib Ispaniya terma jamoasi barcha almashtirish huquqidan foydalani bo‘lgan edi.
Endi vinger to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Agar unda suyak sinish jarohati tasdiqlansa, Pino jahon chempionatida boshqa maydonga tusha olmaydi.
Guruh bosqichini yetti ochko bilan yakunlagan Ispaniya H guruhida birinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. 1/16 finaldagi raqibi hozircha aniq emas.
Izohlar (0)