Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ispaniyada Rodrining «Barselona»ga o‘tishiga baho berildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jurnalist Ferran Korreas Rodrini «Barselona» tarkibidagi eng muhim yangi futbolchilardan biri, o‘yin nazoratini ta’minlayotgan yarim himoyachi deb baholadi.

Ispaniyalik jurnalist Ferran Korreas «Barselona» yarim himoyachisi Rodrining transferiga baho berdi. Uning fikricha, Rodri kataloniyaliklar tarkibidagi eng muhim yangi futbolchilardan biriga aylanmoqda.

Korreas Rodrining o‘yinga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidladi. Jurnalistga ko‘ra, yarim himoyachi har bir o‘yinda o‘sishda davom etmoqda va «Barselona»ning markaziy chizig‘iga o‘yinni nazorat qilish sifatini olib kirdi.

«Rodri allaqachon «Barselona»ning eng muhim yangi futbolchilaridan biriga aylanmoqda. «Sevilya»ga qarshi bahsda u to‘pni ko‘p marta qaytardi, raqibning qarshi hujumlarini to‘xtatdi va Pedri bilan birga ikkinchi bo‘limda jamoaga tashabbusni o‘z qo‘liga olishga yordam berdi.

Beshta o‘yinni ketma-ket asosiy tarkibda boshlagandan so‘ng, uning maydondagi ta’siri yanada ortayapti. U yarim himoyaga kerakli hotirjamlik va o‘yin ustidan nazoratni olib kirdi», - deb yozdi Korreas ijtimoiy tarmoqlarda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q