Ispanlar Braziliyasi rekordini takrorladi
Ispaniya terma jamoasi rasmiy uchrashuvlarda 33 oʻyindan beri magʻlubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Bu oraliqda jamoa 26 bor gʻalaba qozondi, 7 marta durang qayd etdi.
Bugun Ispaniya Jahon chempionatining 2-turida Saudiya Arabistoni darvozasiga javobsiz toʻrtta gol urdi (4:0) va oʻzining taʼsirli seriyasini yanada uzaytirdi.
Ispaniyaning soʻnggi magʻlubiyati 2023 yil mart oyida qayd etilgan. Ōshanda jamoa "Evro–2024" saralash bosqichida Shotlandiyaga 0:2 hisobida yutqazgan edi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi 1993–1998 yillarda qayd etilgan Braziliya rekordini takrorladi.
Muҳimi, bu statistikaда faqat rasmiy uchrashuvlar inobatga olingan. Ōrtoqlik oʻyinlari va penaltilar seriyasi hisobga kiritilmaydi. Masalan, Ispaniya 2025 yilda Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga asosiy vaqt 2:2 tugagan oʻyinda penaltilar seriyasida 3:5 hisobida magʻlub boʻlgan. Shuningdek, 2024 yilda oʻrtoqlik bahsida Kolumiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar