Isroil Madrimov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jangi oldidan antidoping testini topshirdi

  • 10.11.2021 09:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabar berib o‘tganimizdek, dekabr oyida Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Asosiy jang Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida eliminator maqomida bo‘ladi. Madrimov mazkur bahs oldidan antidoping testi uchun namuna topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuniga reja qilingan kechada Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.

photo_2021-11-10_08-54-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!