Italiya klublari uchun o‘ta alamli yakun
Italiya klublari 2022/23 yilgi mavsumda evrokuboklar doirasida 3 ta finalida ham mag‘lub bo‘ldi.
Bugun Istanbulda Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Avvalroq, “Roma” Evropa ligasi finalida “Sevilya”ga (1:1, penaltilar seriyasida 1:4), “Fiorentina” esa Konferentsiyalar ligasi finalida “Vest Xem”ga (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar