Italiya Superkubogi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Italiya Superkubogi yana Saudiya Arabistonda o‘tkaziladi. Bu musobaqada mamlakat chempioni "Napoli", kumush medal egasi "Inter", Italiya kubogi g‘olibi "Bolonya" va turnir finalchisi "Milan" jamoalari ishitirok etadi.
Uchrashuvlar 2025 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. Yarim final o‘yinlari 18 va 19 dekabr kunlari, final esa 22 dekabr kuni o‘tkaziladi. Barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahrida tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil Italiya Superkubogini "Milan" klubi qo‘lga kiritgan.
Fikrlar