Italiyalik top xavbek MYu va "Nyukasl" kurashiga sabab bo‘ldi

  • 12 iyul, 2020, 02:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza yozda Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

La Nazione nashri xabariga ko‘ra, ""Manchester Yunayted" 22 yoshli futbolchini Jeydon Sanchoning arzonroq varianti sifatida ko‘rmoqda.

Italiyalik iqtidorli futbolchi uchun kurashda "qizil iblislar"ga yangi mavsumni yangi investorlar bilan boshlashi kutilayotgan "Nyukasl" klubi raqobat qilishi mumkin.

Transfer summasi 60 million evroga baholanayotgan xavbek uchun "Yuventus" ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!