Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Italiyaning uch yulduzi turklarga bas kelolmadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Manchini ularga o‘rinbosar topib qo‘yishi kerak

UEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-gruppasiga qarasak, hozircha asosiy ochko yetkazib beruvchi jamoa – Turkiya terma jamoasi bo‘lib turibdi. «Oy yulduzlar» kvartetdagi eng zaif jamoa sifatida ko‘rilayotganiga qaramay, baribir raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Italiya terma jamoasi ham turklar bilan o‘z maydonidagi o‘yinda kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi.

Italyaliklar Vinsentso Montella shogirdlariga qarshi safar bahsida o‘yinni juda faol boshlab, birinchi bo‘limni yirik hisobda o‘z foydalariga hal qilishgandi. Ammo endi o‘z uyidagi uchrashuvda turklar hisobni tenglashtirishga ham ulgurdishdi. Italiya terma jamoasi safida kimlar o‘yin darajasini tushirib yuborganligi haqida  «Evro-Futbol» o‘z internet nashri subyektiv bahosini taqdim etdi.

Eng yuqori baho – 10 ball (o‘yin boshidagi start bahosi – 6,0).

JANLUIJI DONNARUMMA – 5,0. «Manchester Siti» darvozaboni uchun juda bahsli o‘yin bo‘ldi. Darvoza chizig‘ida bir necha bor jamoasini qutqardi, murakkab zarbalarni qaytardi. Lekin chiqishlarda jiddiy muammolar ko‘rindi: yo qisqa uzatmalarga chiqmay qoldi, yo uzoq paslarga noto‘g‘ri harakat qildi, ba’zi vaziyatlarda butunlay qotib qoldi. Shunday pallalardan birida Shimshir yomon to‘p qabul qilib, gol urish imkoniyatini yo‘qotdi, ammo Aktyurkogluning yuborgan «parashyut» zarbasi aniqlik yetmasligi sabab golga aylanmadi. Italyanlar gol o‘tkazgan vaziyatda esa Donnarumma o‘z jarima maydonida yo‘qolib qolgandek taassurot qoldirdi.

ALESSIO ROMANO – 4,0. Hisob 0:0 bo‘lgan paytdayoq turklar bir necha bor jarima maydoni tashqarisidan xavfli zarbalar yo‘llashdi – Italiya ning tayanch zonasi deyarli ishlamadi. Romano bir necha marta raqib tomonidan osonlikcha aldandi, shu bois u ko‘proq orqaga chekinib, o‘z darvozasi tomon yaqinroq o‘ynashga urindi. Alessio yerdagi yetti dueldan beshtasida yutqazdi, mehmonlar goli kelib chiqqan kombinatsiyada esa Akg‘yunga yaqin bormadi, unga erkin ravishda Chelikka golga olib borgan uzatma berish imkonini qoldirdi. 87-daqiqada Espositoga golli pas bermaganida, Romano bahosi yanada past bo‘lishi mumkin edi.

MATTEO RUJERI – 3,0. Rujeri qanotidagi o‘yin tufayli turklar uzoqdan tashlangan paslar orqali ham hujumlarni keskinlashtira oldi. Matteo o‘z qamrovidagi Akg‘yunni yo‘qotib qo‘ydi, u uzatma olib, Donnarumma bilan yuzma-yuz vaziyatda bosh bilan zarba berish imkoniga ega bo‘ldi. O‘ng qanotdagi asosiy raqibi Kadiog‘luga qarshi kurashda Ruderji sariq kartochka oldi. U faqat bitta yakkakurashni yutdi, hujumga qo‘shilganda birotar aniq uzatma berolmadi va oxir-oqibat o‘yin taqdirini hal qilgan gol muallifi Kalafyoriga almashtirildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q