Ivan Boskovich: "Andijon" zo'r o'ynadi"

  • 28.02.2026 00:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” - “So‘gdiyona” (4:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich qatnashdi.

- O‘ylaymanki, gapiradigan gap ko‘p emas. Chunki 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragandan keyin biror fikr bildirish murakkab. “Andijon” haqiqatda zo‘r o‘ynadi. G‘alaba bilan tabriklayman. O‘zimiz imkoniyatimiz darajasida o‘ynadik.

- Yangi futbolchilar jamoaga qanchalik qo‘shilib ketishmoqda?

- Ishlashda davom etamiz. Yangi o‘yinchilar kelgan. Bugun moslashuv jarayoni yaxshi o‘tmedi. Natijad ham shunday bo‘ldi.  

- O‘zbekistonda 15 yildan beri ishlab kelyapsiz. Shu davr ichida o‘zbek futboli qanchalik rivojlandi?

- Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek futbolida rivojlanish bo‘lyapti. Yaxshi natijalar erishilyapti. Ayniqsa, milliy terma jamoani xalqaro maydondagi yutuqlari, yoshlarning muvaffaqiyatlari mamlakatda futbol yuksalayotganini ko‘rsatib turibdi. Har jihatdan futbol bilan faxrlansanglar bo‘ladi. Mamlakatda futbol har tomonlama rivojlanyapti.

- “Bobur arena”dagi atmosfera haqida nima deysiz?

- Muhit zo‘r, qoyil! Sizlarda har yili ishqibozlar yuqori darajada muxlislilik qilishadi. Bu mavsumda jamoangizga omad tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!