Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Jaghim singgan bo‘lsa ham, mudialda o‘ynayveraman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolni jahim bilan emas, oyoqda o‘ynayman

Angliya terma jamoasi tarkibida o‘ynaydigan himoyachi Jed Spens yaqinda olgan jarohatidan keyin o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.

"Tottenxem" futbolchisi 19 may kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yinda raqib bilan qattiq to‘qnashib, jag‘idan og‘ir jarohat olgan edi. Shifokorlar unga jag‘ suyagi singani tashxisini qo‘yishganiga qaramay, Spens 2026 yildagi jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi. U musobaqada maxsus himoya niqobi bilan maydonga tushadi.

- Bu juda qattiq to‘qnashuv bo‘ldi. Albatta, og‘riqli edi, lekin men futbolni oyoqlarim bilan o‘ynayman, jag‘im bilan emas. Shuning uchun hammasi joyida. Biroz noqulay, lekin boshqa iloj yo‘q, – deya Spensning so‘zlarini keltiradi The Guardian nashri.

Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Keyingi turlarda jamoa Gana va Panama terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q