Jahon chempionati. Bugun 3 nafat taekvongochimiz yuqori o‘rinlar uchun bahs olib borishadi

Bugun, 16 aprel Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 5 kun bahslari start oladi. 

Musobaqa dasturiga ko‘ra, yig‘itlar -63 kg, -68 kg qizlar esa -49 kg toifalarida ishtirok etishadi. O‘zbekiston sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Ayubxon Nabiev (-68 kg);

Omadbek Otaev (-63 kg);

Farangiz Mahkamboeva (-49 kg).

Nimchorak va saralash bosqichi 15:00'da start olib, 17:00'da tugaydi. Yarim final, final va taqdirlash marosimlari 17:30 — 19:30 orasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!