
Jahon chempionati. Bugun 8 nafar bokschimiz jang qiladi
Jahon chempionatining navbatdagi kuni doirasidan bokschilar bugun yarim final uchun ringga ko‘tariladilar. Ushbu bosqichga terma jamoamizdan 8 nafar bokschi etib keldi. Ular bugun medal yo‘lida o‘z uchrashuvlarini olib boradi.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Zlatislava Chukanova (Bolgariya) A ring. 18:15
-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeyeva (Qozog‘iston). A ring. 19:15
-66 kg: Navbahor Hamidova - Mounia Toutire (Marokash) B ring. 19:45
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Busra Isildar (Turkiya) A ring. 20:15
-48 kg: Farzona Fozilova - Anaxanim Ismayilova (Ozarbayjon) A ring. 22:00
-52 kg: Feruza Kazakova - Imane El A’zami (Marokash) B ring. 22:30
-57 kg: Nigina O‘ktamova - Andela Brankovich (Serbiya) B ring. 23:00
-75 kg: Aziza Zokirova - Aoife Orourke (Irlandiya) A ring. 00:30
Eslatib o‘tamiz, janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 dan boshlab start oladi.
Fikrlar