Jahon chempionati. Hamyurtlarimiz yana to‘rt medalni qo‘lga kiritdi
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi Peruda o‘tayotgan jahon chempionatida navbatdagi medallarini qo‘lga kiritdi. Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ikki nafar hamyurtimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medal:
Marjona Abdumutalova (-59 kg, dast ko‘tarish);
Marjona Abdumutalova (-59 kg, ikki kurash);
Bronza medal:
Marjona Abdumutalova (-59 kg, siltab ko‘tarish);
Hikmatillo Haydarov (-81 kg, dast ko‘tarish);
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q