Jahon chempionati o‘yinlari qaysi stadionlarda o‘tkaziladi? (Foto)

  • 20 noyabr, 2022, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 4 yillikning eng nufusli musobaqasi hisoblangan jahon chempionati start oladi. Qatar maydonlarida 32 jamoa o‘z omadini sinab ko‘radi. Futbolchilar ushbu mundialda yangi maydonlarda to‘p tepadi.

Qatar jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritgach, yangi stadionlar qurishga kirishdi. Mamlakatdagi arenalar aholi kamligi bois chempionat uchun kichiklik qilardi. Shuning uchun qatarliklar yangi va katta arenalar barpo etdi.

Qatar hamda Ekvador o‘rtasidagi ochilish o‘yini 60 ming muxlisga mo‘ljallangan “Al Bayt” stadionida o‘tkaziladi. Final - yopilish uchrashuvi 80 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Lusail Aykonik” arenada bo‘lib o‘tadi. Qolgan o‘yingohlar 40 mingga mo‘ljallangan.

Quyida jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 8 stadion bilan tanishing: 

Lusaildagi “Lusail Aykonik” (Milliy) stadioni

Ochilgan yili: 2021

Sig‘imi: 80 ming tomoshabin

O‘yinlar: 10 ta

22 noyabr, Argentina – Saudiya Arabistoni

24 noyabr, Braziliya – Serbiya

26 noyabr, Argentina – Meksika

28 noyabr, Portugaliya – Urugvay

30 noyabr, Saudiya Arabistoni – Meksika

2 dekabr, Kamerun – Braziliya

6 dekabr, chorak final

9 dekabr, 1/4 final

13 dekabr, yarim final

18 dekabr, final


Lusail Aykonik

Al Xaurdagi “Al Bayt” stadioni 

Ochilgan yili: 2020

Sig‘imi: 60 ming tomoshabin

O‘yinlar: 9 ta

20 noyabr, Qatar - Ekvador

23 noyabr, Marokash - Xorvatiya

25 noyabr, Angliya - AQSh

27 noyabr, Ispaniya - Germaniya

29 noyabr, Niderlandiya - Qatar

1 dekabr, Kosta Rika - Germaniya

4 dekabr, nimchorak final

10 dekabr, chorak final

14 dekabr, yarim final    

Al-Bayt

Al Vakradagi “Al Janub” stadioni

Ochilgan yili: 2019

Sig‘imi: 60 ming tomoshabin

O‘yinlar: 7 ta

22 noyabr, Frantsiya - Avstraliya

24 noyabr, Shveytsariya - Kamerun

26 noyabr, Tunis - Avstraliya

28 noyabr, Kamerun - Serbiya

30 noyabr, Avstraliya - Daniya

2 dekabr, Gana - Urugvay

5 dekabr, nimchorak final

Al-Janub

Al Rayyandagi “Ahmed Bin Ali” stadioni

Ochilgan yili: 2020

Sig‘imi: 40 ming tomoshabin

O‘yinlar: 7 ta

21 noyabr, AQSh - Uels

23 noyabr, Belgiya - Kanada

25 noyabr, Uels - Eron

27 noyabr, Yaponiya - Kosta Rika

29 noyabr, Uels - Angliya

1 dekabr, Xorvatiya - Belgiya

3 dekabr, nimchorak final

Bin Ali Stedium

Dohadagi “Halifa xalqaro” stadioni

Ochilgan yili: 1976 (2017 yili ta’mirlashdan chiqqan)

Sig‘imi: 40 ming tomoshabin

O‘yinlar: 7 ta

21 noyabr, Angliya - Eron

23 noyabr, Germaniya - Yaponiya

25 noyabr, Niderlandiya- Ekvador

27 noyabr, Xorvatiya - Kanada

29 noyabr, Ekvador - Senegal

3 dekabr, nimchorak final

17 dekabr, 3-o‘rin uchun o‘yin

Xalifa Interneyshnl

Al Rayyandagi “Edyukeyshn Siti” stadioni

Ochilgan yili: 2020

Sig‘imi: 40 ming tomoshabin

O‘yinlar: 8 ta

21 noyabr, Daniya - Tunis

24 noyabr Portugaliya - Gana  

26 noyabr, Meksika - Polsha

28 noyabr, Janubiy Koreya - Gana

30 noyabr, Tunis - Frantsiya

2 dekabr, Janubiy Koreya - Portugaliya

6 dekabr, nimchorak final

9 dekabr, chorak final

Edyukeyshn siti

Dohadagi “Al-Tumama” stadioni

Ochilgan yili: 2020

Sig‘imi: 40 ming tomoshabin

O‘yinlar: 7 ta

21 noyabr, Senegal - Niderlandiya

23 noyabr, Ispaniya - Kosta-Rika

25 noyabr, Qatar - Senegal

27 noyabr, Belgiya - Marokash

1 dekabr, Kanada - Marokash

4 dekbar, nimchorak final

10 dekabr, chorak final

photo_2022-11-20_13-31-23 (2)

Dohadagi “974” stadioni

Ochilgan yili: 2021

Sig‘imi: 40 ming tomoshabin

O‘yinlar: 7 ta

22 noyabr, Polsha – Meksika

24 noyabr, Portugaliya – Gana

26 noyabr, Frantsiya – Daniya

28 noyabr, Braziliya – Shveytsariya

30 noyabr, Polsha – Argentina

2 dekabr, Serbiya – Shveytsariya

5 dekabr, chorak final

974

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!