Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Jahon chempionatida dastlabki oltin medallar qo‘lga kiritildi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Terma jamoamizning navbatdagi natijalari qanday bo‘ldi?

Peruda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki oltin medallariga ega chiqdi. O‘smirlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboeva (+81 kg) hamda Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Esonboeva siltab ko‘tarish va ikki kurash, Osmanov esa dast ko‘tarish mashqida tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Oltin medal:
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o‘smirlar, ikki kurash)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, dast ko‘tarish)

Kumush medal:
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, ikki kurash)

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q