
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan parasuzuvchilarimiz munosib kutib olindi
Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi
Avval xabar berganimizdek 9-15 sentyabr kunlari London shahrida parasuzish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8ta medalga ega chiqdi. Shu tariqa parasuzuvchilarimiz 60 ta davlatdan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu jahon chempionatida umumjamoa hisobida 20-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Quvonarlisi, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra ushbu jahon chempionatida 1- va 2- o‘rinni egallagan sportchilar kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Aniqroq aytganda, Shoxsanam Toshpo‘latova, Islom Aslanov hamda Firdavs Musabekovlar Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Qolgan sportchilarimiz esa bu yo‘lda muhim reyting ochkolariga ega bo‘lishdi.
Bizning qahramonlarimiz bugun erta tongda London-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bilan yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, sport ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari katta tantana bilan kutib olishdi.
Quyida parasuzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionati sovrindorlari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Shoxsanam Toshpo‘latova – 1 ta oltin, 1 ta bronza;
Islom Aslanov – 3 ta kumush;
Firdavs Musabekov – 1 ta kumush
Nigora Mirzoxidova – 1 ta bronza
Muzaffar Tursunxo‘jaev – 1 ta bronza
E’tiboringizga kutib olish marosimidan suratlarni havola qilamiz:






















Fikrlar