Jahon chempioni faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist Janluki di Martsioning xabar berishicha “Galatasaroy” 30 yoshli frantsiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olmoqchi. Turk klubi ushbu vaqt ichida Nzonzining maoshini to‘liq to‘lab berishga tayyor. Hozirda klublar o‘zaro kelishuvga erishish arafasida turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” Nzonzini o‘tgan yoz “Sevilya”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar