Jahon chempionimiz professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi!

  • 9 aprel, 13:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaevning keyingi jangi bo‘yicha ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 22 yoshli Ruslan 19 aprel kuni ringga qaytadi. Hamyurtimiz AQSh yoki Meksikadagi professional boks oqshomlarining birida ishtirok etadi. Abdullaevga o‘sha kuni kim raqib bo‘lishi shu kunlarda ma’lum qilinadi.

Bu Ruslan Abdullaev uchun prof boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. Charm qo‘lqop ustamiz ilk jangini shu yilning mart oyida Xose Valensuela Alvaradoga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Abdullaev havaskor boksda jahon chempioni (2023) hisoblanadi.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!